Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqda eski elektr hisoblagichlar yangisiga bepul almashtiriladi

Chirchiqda eski elektr hisoblagichlar yangisiga bepul almashtiriladi

Foto: Sputnik

Chirchiq shahrida eski elektr energiyasini hisobga olish moslamalari yangi turdagi zamonaviy moslamalarga bepul almashtiriladi. Bu haqda shahar hokimligi telegram-kanali Chirchiq ShETK boshlig‘i Sa’dulla Fayzullayevga asoslanib ma’lumot berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi PK -3384 son «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari tug‘risida» gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan «O‘zbekenergo» AJ tomonidan 2019 yilning noyabr oyidan boshlab Chirchiq shahar elektr energiyasi iste’molchilarining mavjud hisobga olish priborlari zamonaviy turdagi elektr energiyasi hisobi va avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisobga olish priborlariga almashtirish buyicha shahrimizning barcha hududlarida jalb etilgan muttaxassislar ish olib borib, hisobga olish moslamalari bepul almashtiriladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring