Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchida fuqaroning uyidan 5 kg mariuxana topildi

Chiroqchida fuqaroning uyidan 5 kg mariuxana topildi

Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

2019-yil 2-fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Chuvulloq qishlog‘ida yashovchi X.B.ning  «Lasetti» rusumli avtomashinasi salonidan 95 gr., shuningdek uning uyi yerto‘lasidan 5 kg. 439 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi. 

Xabarda ta’kidlanishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV oldinroq, «O‘zbekko‘mir» AJga qarashli «Apartak» ko‘mir koni hududiga aylanma yo‘llar orqali noqonuniy kirib,  ko‘mirni 6 bosh uy hayvonlarining ustiga maxsus yasalgan savatchaga yuklab, chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olingani xususida xabar bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring