Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorbog‘ yo‘lida «Spark» urib yuborgan ayol vafot etdi. Uning shaxsi aniqlanmoqda

Chorbog‘ yo‘lida «Spark» urib yuborgan ayol vafot etdi. Uning shaxsi aniqlanmoqda

Foto: «Sputnik»

Bo‘stonliq tumanida «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi Bektemir-Chorbog‘ yo‘lida 35-40 yoshlardagi ayolni urib yuborgan. Piyoda voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanishicha, haydovchi A.U. 1989-yilda tug‘ilgan va ushbu mashinani ishonchnoma orqali boshqarayotgan bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Vafot etgan ayol to‘g‘risida ma’lumot: Osiyo millatiga mansub, 35-40 yoshlarda, bo‘yi 160-165 sm., yuzi ovalsimon, o‘rtacha gavdali, sochi qora, uzun, qoshlari qora, burni o‘rtacha kattalikda, labi o‘rtacha, alohida belgilari mavud emas.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: qora rangli kurtka, qora rangli jemfer, ko‘k rangli shim, jigarrang tufli.

Yuqorida belgilari ko‘rsatib o‘tilgan, yo‘l transport hodisasi natijasida vafot etgan shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar Bo‘stonliq tuman IIBning 0-370-74-21-303, (+99899) 401-97-88 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring