Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chorsu»da 19 yoshli qiz o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olindi

«Chorsu»da 19 yoshli qiz o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olindi

7-oktyabr kuni Shayxontohur tumani IIO FMBga 53 yoshli Feruza I. murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 15.30 da «Chorsu» buyum bozoridagi do‘konlardan birida bo‘lganligini ma’lum qildi.

Mol tanlash vaqtida Feruza I. sumkasini rasta ustiga qo‘yganda, noma’lum qiz uning pasportini, plastik kartochkasini, 1.300.000 so‘m va 10 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi qiz – 19 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Xotira D. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring