Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

CNN: Tramp yordamchilariga mag‘lubiyatni tan olish niyati yo‘qligini aytgan

CNN: Tramp yordamchilariga mag‘lubiyatni tan olish niyati yo‘qligini aytgan

Foto: «News.yandex.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp yordamchilariga saylovdagi mag‘lubiyatini tan olish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan, deya xabar berdi CNN.

Shu bilan birga, rasmiylar Trampga saylovda yutqazib qo‘yishi mumkinligini aytishga botinolmayaptilar. Buni boshqa biror kim, masalan, qizi Ivanka yoki kuyovi Jared Kushner aytishidan umid qilishyapti.

Mag‘lubiyatni tan olishning o‘zi qonuniy kuchga ega emas, biroq nomzodning saylov natijalariga e’tiroz bildirmasligini anglatadi.

Tramp saylovda g‘alaba qozonayotganini va unga qarshi keng qamrovli soxtalashtirishlar bo‘lganini ochiqchasiga e’lon qildi. Biroq buni tasdiqlovchi dalil yo‘q.

Trampning raqibi Jo Bayden garchi Pensilvaniya, Jorjiya va Nevada shtatlarida ustunligi minimal darajada bo‘lsa-da, saylanish uchun yetarli miqdordagi shtatlarda yetakchilik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring