Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Damas» va «Labo» bo‘yicha ariza qabul qilish to‘xtatildi

«Damas» va «Labo» bo‘yicha ariza qabul qilish to‘xtatildi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» avtomobillarning onlayn xaridi bo‘yicha yangi Uzavtosavdo.uz tizimi ishga tushirilganidan boshlab «Damas» va «Labo» avtomobillariga bo‘lgan arizalar inventarizatsiya qilinganligini ma’lum qildi.

Bugungi kungacha 128 274 arizalar mavjud (shundan: 99 563 «Damas» va 28 711 «Labo» avtomobillariga).

2018-yilning 7-noyabr kuni «O‘zavtosanoat» AJda bo‘lib o‘tgan press-brifingda ushbu modeldagi avtomobillarning ishlab chiqarish hajmi 2018 yilda 42 ming donani tashkil qilishi, ushbu ko‘rsatkichni 2019-yilda 54 mingga yetkazish ko‘zda tutilgani ma’lum qilingandi.

Kompaniya ushbu modellarning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha qo‘lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi, deyiladi «GM Uzbekistan» axborotida.

Ayni damda barcha arizalar kompaniya tomonidan xronologik tarzda, ular qoldirilgan sanaga qarab tahlil qilinyapti.

Shunday qilib, 2018-yilning 8-noyabr holatiga xronologik tartibda ariza qoldirgan sanalar bo‘yicha dastlabki to‘lovni amalga oshirish uchun 27 000 dona shartnoma mavjud. Ushbu shartnomalar 2019-yilning 6 oylik ishlab chiqarish hajmini o‘z ichiga oladi. Ushbu xaridorlar yozma va SMS tarzda bildirish olishadi.

Kunlik yangilanadigan ro‘yxat bilan «GM Uzbekistan» rasmiy saytida quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/damas_clients/list.pdf

Mavjud arizalar bo‘yicha tekshiruvlar oxiriga yetkazilgunga qadar ushbu modeldagi avtomobillarga yangi arizalar qabul qilinishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring