Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniya shahzodasi Xenrik vafot etdi

Daniya shahzodasi Xenrik vafot etdi

Foto: EPA-EFE / KELD NAVNTOFT

Daniya qirolichasi Margrete II ning turmush o‘rtog‘i 83 yoshli shahzoda Xenrik 13-fevral, seshanba kuni vafot etdi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Shahzoda Xenrik ikki hafta avval Misrda dam olayotgan vaqtda o‘zini yomon his qilgan. Uni mahalliy shifokorlar ko‘zdan kechirgach, Daniyaga yetkazilgan va 28 yanvardan buyon Kopengagendagi Qirollik shifoxonasida yotgan. Tibbiy ko‘rik uning o‘pkasida shish borligini aniqlagan, ammo bezarar bo‘lib chiqqan. Mazasi qochishiga o‘pka infeksiyasi sabab bo‘lgani ma’lum qilingan.

13-fevral kuni shahzoda o‘z ixtiyoriga binoan shifoxonadan chiqarilib, Daniya qirollik oilasining Fredensborgdagi qarorgohiga olib borilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring