Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» yoki «Samsung». Daromadning zo‘ri kimda?

«Apple» yoki «Samsung». Daromadning zo‘ri kimda?

2017-yilning oxirgi choragida smartfonlar savdosi rekord ko‘rsatkichni qayd etgan.

Foto: «AKKet»

2017-yil oxirgi choragi hisobotlariga ko‘ra, smartfonlar savdosi rekord ko‘rsatkichni qayd etgan — 120 mlrd. dollar. Bu bir yil oldingi shu chorak natijasidan 8 foiz yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, bu vaqt oralig‘ida bitta smartfonning o‘rtacha narxi 18 foizga qimmatlashgan (255dan 300 dollargacha).

Vendorlar orasida eng ko‘p daromadni «Apple»,  o‘zining «iPhone X» flagmaniga talab o‘ta yuqoriligi bois, qo‘lga kiritdi — 61 mlrd. dollar, bu global smartfonlar bozoridagi pullarning 51 foizidir. Solishtiriladigan bo‘lsa, bu ikkinchi o‘rindagi «Samsung» kompaniyasinikidan uch baravar, uchinchi o‘rindagi «Huawei» kompaniyasi daromadidan yetti baravar ko‘p mablag‘dir.

Yana bir qiyoslash: «Apple» smartfonlarining o‘rtacha narxi 800 dollar bo‘lsa, «Samsung»da bu ko‘rsatkich 254, «Huawei»da 205 dollarni tashkil qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring