Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat dasturini qanday yoritish kerak?

Davlat dasturini qanday yoritish kerak?

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» loyihasi doirasida respublika anjumani, media-tur, seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Loyihada viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV tahririyatlari bosh muharrirlari ishtirok etyapti.

Bugun mazkur loyiha doirasida «City Palace» mehmonxonasida «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» mavzusida respublika anjumani o‘tkazildi. Anjumanda ishtirok etgan bir qator vazirlik hamda tashkilotlar mas’ul xodimlari, senator hamda deputatlar, tajribali jurnalistlar «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni keng ommaga yetkazishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritdilar.

Foto: «Xabar.uz»

Xususan, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov, Nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi Abdumajid Karimov, «O‘zbekiston ovozi» gazetasi bosh muharriri Safar Ostonovning ma’ruzalari hamda tavsiyalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, senatorlar Tolibjon Madumarov, Gavhar Alimova, deputatlar Muxtabar Husanova hamda To‘lqinjon Karimov jurnalistlar uchun qimatli ma’lumot va takliflar bildirdi.

Kuning ikkinchi yarmida esa blogerlar Sanjar Rustamov (Sanjar Said) hamda Davron Tojialiyev ishtirokida jurnalistlar uchun «Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi masalalari» mavzusida trening tashkil etildi. Treningda axborot xizmatlari faoliyatini amalga oshirishda veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama etildi.

Loyiha ertaga o‘z ishini yakunlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring