Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati nimalarga javobgar?

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati nimalarga javobgar?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining:

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi;

— soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishi;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;

— davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning mutlaqo yangi tizimi yaratilishi;

— xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom muhit shakllantirilishi;

— davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi;

— soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, grantlarni jalb etish ishlari;

— davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishi uchun javobgar etib belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosarining

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining ta’minlanishi;

— soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, ularga barham berish choralari ko‘rilishi;

— soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishi;

— nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘ymasligi, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimi modernizatsiya qilinishi uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarining:

— soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasi takomillashtirilishi;

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi;

— soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik sub’yektlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi;

— soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli nazorat ta’minlanishi;

— sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;

— soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi;

— jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va ob’yektiv ko‘rib chiqilishi, fuqarolar shaxsan qabul qilinishi;

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va soliq kollejlari faoliyati samarali tashkil etilishi uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring