Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Departament va DXX delegatsiyasi Xitoyga borib keldi

Departament va DXX delegatsiyasi Xitoyga borib keldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2018-yil 4-8-iyun kunlari Xitoy davlati Pekin shahrida o‘tkazilgan «Pul va moddiy qimmatliklarning o‘tkazmalari xizmatidan noqonuniy foydalanish» mavzusidagi maxsus mintaqalararo seminarida, shuningdek, Moliyaviy razvedka boshqarmalarining mintaqaviy uchrashuvida ishtirok etdi.

Ushbu seminar BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasi (BMT GJB) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida MRBning mintaqaviy davlatlar o‘rtasidagi ma’lumot almashish va shubhali moliyaviy operatsiyalar muammosi, pul mablag‘larini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratish, dolzarb muammolar va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, ishtirokchi mamlakatlarning kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.

Umuman olganda, uchrashuvlar davomida egallangan ijobiy tajriba Departamentning keyingi amaliy faoliyatida qo‘llaniladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring