Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Texnologiyaga qiziquvchi yoshlar uchun «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etildi (foto+video)

Texnologiyaga qiziquvchi yoshlar uchun «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etildi (foto+video)

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahridagi Inha Universiteti hamkorligida «Digital Generation Camp» loyihasi ishga tushirildi. IT sohasidagi mazkur loyiha asosida 18-22 iyun kunlari «Yoshlar oromgohi»da «Digital Generation Camp» yozgi oromgohi tashkil etilishi xususida xabar berilgan edi.

Loyihadan asosiy maqsad erkin fikrlovchi, texnologik trendlarga qiziquvchi yoshlarni dasturlash, robototexnika, media va digital marketing, dizayn, kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha birlashtirish. Bundan tashqari ularni jamoaviy bo‘lib ishlashlarini ta’minlash, hamkorlik hamda rejalashtirish qobiliyatini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar o‘quv platforma oldidan loyiha davomida va kundalik hayotda kerak bo‘ladigan ishchi buyumlar bilan ta’minlanib, digital sohasida 5 kun davomida amaliy va nazariy treninglarda qatnashishdi, IT sohasidagi mutaxassislar bilan fikr almashishdi va yangi yaratilayotgan loyihalar ustida ish olib borishdi. So‘nggi kun ishtirokchilar o‘z loyihalarini yakka va jamoaviy tarzda taqdim etishadi. Har bir ishtirokchi xalqaro darajadagi va ishtirok sertifikatlari bilan munosib taqdirlanadi. Lager loyiha a’zolari uchun birga ishlovchi jamoani yaratish orqali kelajakda amalga oshiriladigan loyihalarni jamoaviy amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring