Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarning rasmiy kursi yana 8400 so‘mdan oshdi

Dollarning rasmiy kursi yana 8400 so‘mdan oshdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 26-fevralidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra AQSh dollari kursi +10.99 so‘mga qimmatladi va bir dollar narxi 8403.19 so‘m bo‘ldi.

Yevro ham +52.75 so‘mga oshdi va 9530.06 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham biroz qimmatlab (+2.36), 128.61 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, dollar kursida avvalgi ikki haftada tushish kuzatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring