Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Donald Tramp bilan rafiqasi Oq uyni vertolyotda tark etishdi (video)

Donald Tramp bilan rafiqasi Oq uyni vertolyotda tark etishdi (video)

Foto: «Edition.cnn.com»

AQShning ketayotgan prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga vertolyotda Oq uyni tark etdi, deya xabar berdi NBC News telekanali.

Tramp Merilenddagi Endryus aviabazasiga yo‘l olgan. U yerdan AQSh prezidenti sifatida so‘nggi marta «Air Force One»da Floridadagi yer-mulkiga parvoz qiladi.

Amerikaning 45-prezidenti ketar chog‘ida rafiqasi bilan birga yana qaytib kelishini ta’kidladi.

Chorshanba kuni kechqurun Amerika Qo‘shma Shtatlarida AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring