Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Rossiya va Eronning Suriyadagi harakatlarini sharmandalik deya baholadi

Donald Tramp Rossiya va Eronning Suriyadagi harakatlarini sharmandalik deya baholadi

Foto: «Lifeua.net»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Eronni Suriyadagi voqealarda aybdor deb hisoblaydi. Bu haqda «Bloomberg» nashri xabar bermoqda.

AQSh rahbari Avstraliya bosh vaziri Malkolm Trenbul bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Suriyadagi voqealarga aloqador savolga quyidagicha javob berdi: «Aytishim mumkinki, Rossiya, Eron va Suriya hukumatlarining oxirgi kunlardagi harakatlari insoniylikka nomunosib. Ularning Sharqiy Gutadagi qilmishlari sharmandalikdir».

Shuningdek AQSh rahbari amerikalik askarlarning Suriyadagi yagona maqsadi IShID guruhini yo‘q qilish ekanligini ta’kidladi. «Bizning yagona maqsadimiz IShIDdan qutulish va uyga qaytish. Boshqa hech qanday sabab yo‘q», — dedi prezident.

Avvalroq AQSh Sharqiy Gutadagi zo‘ravonliklarda Rossiya va Suriya hukumatlarini ayblagan edi. Bunga javoban Kreml bunday ayblovlarning asossiz ekanligini ma’lum qildi.

Suriya hukumati kuchlari 18-fevral kuni Sharqiy Gutadagi bir qator terrorchi guruhlar pozitsiyalariga qarshi harbiy harakatlar boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring