Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doniyor Turg‘unov qamoqqa olindi

Doniyor Turg‘unov qamoqqa olindi

YPX xodimini urib yuborgan o‘smir qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi

2026-yil 25-fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov avtomashinada yo‘l-patrul xizmati inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida Turg‘unov Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etildi.

Sudning 28 fevral kungi ajrimi bilan gumonlanuvchi Turg‘unovga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilib, aybdor shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi qat’iy ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring