Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meteorologlar «Dorian» dovulining «nishonlari»ni aniqlashdi

Meteorologlar «Dorian» dovulining «nishonlari»ni aniqlashdi

Foto: BBC

Vayronkor dengiz bo‘roni — «Dorian» shu pastgacha yetti insonning umriga zavol bo‘ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatida favqulodda holat e’lon qildi. Janubiy Karolina, Florida, Jorjiya shtatlarining qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchi aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilmoqda. Dovul hatto Bagam orollarining bir qismini okeanga yuvib ketdi. «Kp.ru» yozishicha, meteorologlar «Dorian»ning talafot kuchini 2005-yilgi «Katrina»dan kam emas deb hisoblashmoqda.

«Sekin harakatlanuvchi bunday dovullarning xavfi shundaki, ular dengizdan ko‘proq suv to‘playdi va yog‘ingarchilik shunga yarasha kuchli bo‘ladi. Xuddi «Katrina» o‘zidan qanday zarar-oqibatlar qoldirgan bo‘lsa, bu safar ham shunday hodisa takrorlanishi mumkin», — dedi Xalqaro iqlim tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Enn Sofi Daloz.

Ekspertning aytishicha, hozir AQShning Sharqiy va G‘arbiy qirg‘oqbo‘yi hududlari, Gavayi hamda AQShning Karib dengizidagi orollari xavf ostida turibdi. Agar shu ketishi bo‘lsa, «Dorian» bugun, chorshanba kuni kechki payt Jorjiya va Janubiy Karolina sohillariga juda xavfli masofada yaqinlashadi. Payshanba kuni esa tabiiy ofat Shimoliy Karolina sohillarigacha yetib borishi mumkin.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring