Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Do‘rmon» ijod uyida bir sutkadan beri chiroq yo‘q

«Do‘rmon» ijod uyida bir sutkadan beri chiroq yo‘q

Foto: Yozuvchilar uyushmasi

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga qarashli «Do‘rmon» ijod uyi qariyb bir sutkadan beri elektr energiyasidan ayrilgan.

Bir qarashda unchalik vahimali emasdek tuyuladi, ko‘p joylarda chiroq bo‘lmasligi tabiiy holga aylangan. Ammo yozuvchilar uyida baribir chiroq o‘chmasligi kerak, ayniqsa, ularda hamma narsa tok bilan ishlasa.

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida bugun, 10-may kuni tushlik paytida Toshkent viloyati Qibray tumani elektr tarmoqlari bo‘limi bilan bog‘landik. U yerdan 10-15 daqiqada yoqib yuborishlarini aytishdi, qayerdadir avariya bo‘lgan ekan.

Lekin kechga kelib aniq bo‘ldiki, «Do‘rmon» hamon zulmat ostida. Biz yana elektr tarmoqlariga sim qoqdik. Aytishlaricha, muammo haligacha hal etilmagan, avariya sababini topisholmayotgan ekan. Topishlari bilan ulab qo‘yishlarini ma’lum qilishdi.

Mutasaddilar ushbu kichik muammoga yetarlicha e’tibor qaratishlariga umid qilib qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring