Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Do‘stlik dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘ldi

«Do‘stlik dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 27 iyun kuni soat 14:45 da Jizzax viloyati Do‘stlik tumani «Chinobod» MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan «Do‘stlik dehqon bozori» hududida yong‘in bo‘lgan. 

Jumladan, bozorda joylashgan tovuq mahsulotlari do‘koni va omborxona tomining 56 m.kv shift qismi hamda do‘kondagi mahsulotlar yongan.

Yong‘inga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji yetib borgan, 14:53 da yong‘in o‘rab olingan, 15:23 da o‘chirilgan.

Yong‘indan qo‘shni do‘konlarning 80 m.kv maydoni saqlab qolingan. Fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi. Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring