Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘yicha baxtning o‘rtacha bahosi 95 dollar deb topildi

Dunyo bo‘yicha baxtning o‘rtacha bahosi 95 dollar deb topildi

Foto: «RICHVINTAGE»

Baxtni sotib olsa bo‘ladimi? Agar buni ritorik savol deb qabul qilib, unga javob berilsa, ko‘pchilik «yo‘q» deydi. Biroq, AQShning Perdyu universiteti tadqiqotchilari baxtni sotib olish mumkin, deb hisoblashmoqda. Sababi, daromadning qancha ekani hayotdan mamnunlikni ifodalaydi. Hayotdan mamnun bo‘lmay turib esa baxtli bo‘lish mumkin emas.

Baxtning narxi har bir mintaqada turlicha bo‘lib, «oltin o‘rtalik»ni topish oson emas, deydi tadqiqot guruhi rahbari Endryu Jebb. Axir ko‘p pul topish sababli, baxt hissi susayib boradi va natijada noxush ta’sirlarga tayyor bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

«Gallup» agentligi Perdyu universiteti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda har bir mintaqada «oltin o‘rtalik» qiymatini aniqlash uchun 164 mamlakatdan 1,7 milliondan ortiq kishi ishtirokida so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, dunyo bo‘yicha baxtning o‘rtacha bahosi 95 dollar deb topildi. Bu hayotning yuqori ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlaydigan daromad manbai hisoblanadi.

Ammo tadqiqotchilarning fikricha, yuqori darajadagi farovonlikka erishganingizdan so‘ng tashvish darajasi ham ortib boradi va hamma narsa o‘zgaradi. Endryu Jebb jamoasining tadqiqotchilari daromadlar o‘sishining teskari samarasi hozirgi vaqtda inson o‘z ijtimoiy mavqeini saqlab qolishidan boshlanadi, degan xulosaga keldi. Bu esa tashvish darajasining ortishiga olib keladi. Chunki odamlar o‘zlarini boshqalar bilan solishtira boshlashadi.

Endryu Jebbning so‘zlariga ko‘ra, yuqori daromad ta’siri odamning hayotdan qoniqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yuqori daromadlar ko‘pincha odamning ishga ko‘proq mas’uliyat bilan yondashishini talab etadi. Masalan, odamning dam olish kuni kam bo‘ladi.

Perdyu universiteti tadqiqotchilari guruhi, moliyaviy baxtning darajasi va baxtning mahsuldorlik darajasi turli hududlarda farq qilishini aniqlashdi. Masalan, G‘arbiy Yevropa va Skandinaviyada «baxtning narxi» 100 ming dollarni, Shimoliy Amerikada esa 105 ming dollarni tashkil etadi.

Tadqiqotlar, shuningdek, moliyaviy baxtga erishish har bir shaxsning ta’lim darajasi va jinsiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi. Masalan, ayollarga o‘zini baxtli his etishi uchun erkaklarga nisbatan ko‘proq pul kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring