Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng aqlli it o‘ldi

Dunyodagi eng aqlli it o‘ldi

Foto: «Zvezda TV»

AQShning Janubiy Karolina shtatida Cheyzer (Chaser) laqabli border-kolli zotdor it o‘ldi. U qariyb mingtacha so‘zni bilgani uchun dunyodagi eng aqlli it hisoblangan. Bu haqda «Independent» xabar berdi.

Cheyzerning egasi, sobiq psixiatr Jon Pilli dressirovka qilishning antiqa usulini ishlab chiqqandi. U kollini 2004-yili sotib oladi va uch yil davomida it bilan har kuni to‘rt-besh soatlab shug‘ullanadi. Pilli itga turli buyumlarni ko‘rsatib, ularning nomini taxminan 40 martalab talaffuz qiladi, keyin esa yashirib qo‘yib, topishini so‘raydi.

Jon Pilli jonivorni o‘rgatish uchun 800 ta yumshoq o‘yinchoq, 116 ta shar, 26 ta frisbi va turli plastik buyumlardan foydalanadi. Natijada Cheyzer 1022 ta so‘zni tushunib oladi.

Pillining qizi itni dressirovka qilishga yordamlashadi, otasining tajribasini «hayvonlar kognitiv funksiyalari tadqiqotida o‘rganilmagan soha», deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Cheyzer o‘z ismini va turdosh otlarni farqlay olgan.

It 15 yoshida tabiiy sabablarga ko‘ra o‘ldi. Cheyzerning egasi bundan bir yil muqaddam 89 yoshida hayot bilan vidolashgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring