Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng katta raqamli fotokamera sinovdan o‘tdi: sham shu’lasini ming kilometrdan ko‘radi (foto)

Dunyodagi eng katta raqamli fotokamera sinovdan o‘tdi: sham shu’lasini ming kilometrdan ko‘radi (foto)

Yangi teleskop uchun dunyodagi eng katta raqamli kamera yaratildi.

Illyustratsiya: Greg Stewart/SLAC National Accelerator Laboratory

Muhandislar dunyodagi eng katta raqamli fotokamerani sinovdan o‘tkazishdi.

Qurilma 3200 megapikselli suratlar oladi. Bunchalik ulkan suratni siqmasdan aks ettirish uchun o‘ta yuqori tiniqlikdagi 4K teleekranlardan 378 tasi kerak.

Yangi kameraning yorug‘lik sezuvchanligi o‘ta yuqori: ming kilometrdagi sham shu’lasini ilg‘ay oladi. Mayda jismlargacha uning nazaridan qochib qutula olmaydi: stol tennisi koptokchasini 25 kilometrdan «ko‘radi».

Ushbu ajoyib kamera Chilidagi Vera Rubin observatoriyasida o‘rnatilayotgan 8,4 metrli teleskopning chin ma’noda yuragiga aylanadi.

Kameraning sezuvchan qismi 189 ta datchikdan iborat (kichik qora kvadratlar).
Foto: Jacqueline Orrell/SLAC National Accelerator Laboratory

Har bir alohida datchik (kichik qora kvadrat) standart kamera bilan teng kuchga ega.
Foto: Jacqueline Orrell/SLAC National Accelerator Laboratory.

Vera Rubinning yangi kamerada olingan portreti surati. Suratdagi har bir blok — 16 megapikselga teng.
Foto: SLAC National Accelerator Laboratory.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring