Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng «punktual» aviakompaniyasi aniqlandi

Dunyoning eng «punktual» aviakompaniyasi aniqlandi

«Aeroflot» (Rossiya) 2019-yil yakunlariga ko‘ra, dunyodagi eng punktual, ya’ni yo‘lovchilarini vaqtida manziliga yetkazib qo‘ygan aviakompaniya, Moskvadagi «Sheremetevo» xalqaro terminali esa jahondagi eng aniq ishlovchi aeroport deb topildi. Bu haqda «Cirium» kompaniyasi tahlillariga asoslanib «Daily Mail» xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda — «All Nippon Airways» (Yaponiya), uchinchi — «Delta Air Lines» (AQSh).

2019-yilda «Aeroflot»ning 86,7 foiz, «All Nippon Airways»ning 86,6 foiz, «Delta Air Lines»ning 85,7 foiz parvozlari vaqtida amalga oshgan.

To‘rtinchi o‘rinda — Braziliyaning «Azul» (83,5 foiz), beshinchi o‘rinda — «Japan Airlines» (82,2 foiz) kompaniyalari.

«Sheremetevo»dan belgilangan reyslarning 95,01 foizi vaqtida uchib ketgan, keyingi o‘rinlarda xitoyliklar: «Guangzhou Baiyun International» (92,52 foiz) hamda «Shanghai Pudong International (91,04 foiz).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring