Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Qashqadaryoda 11 kishini qo‘lga oldi

DXX Qashqadaryoda 11 kishini qo‘lga oldi

Illyustrativ foto

Qarshi shahrida yashovchi 52 yoshli fuqaro muqaddam «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lganligi uchun 2004-2018-yillarda jazo muddatini o‘tagan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining yashash manzilida 1994, 1996, 1998-yillarda tug‘ilgan 3 nafar farzandi va 2000-y.t. jiyani hamda 1974-1998-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 11 nafar mahalliy fuqarolardan iborat noqonuniy guruh tashkil etib, «jihodchilar» oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Shuningdek, guruh a’zolarini «hijrat» va «jihod» qilishga, Suriya davlatiga borib, «Tavhid va Jihod katibasi» terroristik tashkilotiga qo‘shilishga chorlagan.

Bundan tashqari, u «Telegram» messenjerida «Shahidlar» nomli guruh tashkil etib, unga diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish «Abu Saloh», «Abdulloh Zufar», «Sodiq Samarqandiy» va boshqalarning «hijrat», «jihod» va «shahidlik»ka chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlari olib borgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Dastlabki tergov-surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, guruh yetakchisining ko‘rsatmasi bilan uning a’zolari bosqinchilik jinoyatlarini sodir etish orqali yo‘l harajatlari uchun pul yig‘ish, so‘ngra Suriyaga borib, terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Ularning yashash manzillaridan kompyuter protsessori, noutbuk, dron, flesh-kartalar, DVD disklar, telefon apparatlari, diniy mazmundagi adabiyotlar, shuningdek, bir donadan o‘qotar va pnevmatik qurol, patronlar va gilzalar ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, guruh a’zolari orasida MChJ rahbari va ishchisi, buyum bozorida sotuvchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda institut talabasi bor.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring