Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«EagleRay»: Bir vaqtning o‘zida ham uchishga, ham suzishga qodir dron

«EagleRay»: Bir vaqtning o‘zida ham uchishga, ham suzishga qodir dron

Foto: «Nation-news.ru»

Shimoliy Karolina universiteti muhandislari «EagleRay» nomli dron-amfibiyani yaratishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi «Hi-News».

«EagleRay» qattiq qanotli dron hisoblanib, o‘ziga xos konsturksiyaga ega: u nafaqat uchishga qodir, balki suvosti va uning yuzasida ham suza oladi. Bundan tashqari «EagleRay»ning yuza qismiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu unga suzayotganida yoki havoda harakatlanayotganida quyosh nuridan quvvatlanish imkonini beradi.

Mazkur dron suvga sho‘ng‘ishdan oldin boshqa turdagi uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar kabi qanotlarini yig‘maydi.

Dron qanotlarining kengligi 150 santimetrni tashkil etadi, uzunligi esa 140 santimetr. Uchar qurilmaning tumshuq qismidagi propeller uning hech qanday muammosiz suv va havoda harakatlanishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring