Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eksport qiluvchilar uchun soliq miqdori kamaydi

Eksport qiluvchilar uchun soliq miqdori kamaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilindi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani:

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda qismi yuzasidan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha;
  • tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan qismi yuzasidan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha kamaytiradilar.

Ushbu imtiyozlar qo‘llanilishi natijasida to‘lanmagan mablag‘lar quyidagi hollarda penya hisoblangan holda undiriladi:

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda;
  • tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida valyuta tushumi ta’minlanmaganda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring