Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori bilan eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi

Prezident qarori bilan eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi

Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, quyidagilar Vazirlar Mahkamasining komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda hokimlarning asosiy vazifalari etib belgilandi:

-eksportbop raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, ta’lim, transport) eksportini oshirish;

-o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzish.

Faoliyati Tashqi savdo vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi tashkil etildi.

Eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko‘maklashish, eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash milliy tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi, xorijdagi elchixonalar qoshida savdo vakolatxonalari tashkil etildi.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga eksport kreditlari va operatsiyalarini sug‘urtalash vazifasini yuklandi va u Tashqi savdo vazirligiga o‘tkazildi.

Tashqi savdo vaziri «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining raisi etib saylanadi.

2019-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan 15 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan mablag‘ Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring