Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper: «Biz Fransiyaga qarshi o‘ynashimiz va hatto yutishimiz mumkin edi»

Ektor Kuper: «Biz Fransiyaga qarshi o‘ynashimiz va hatto yutishimiz mumkin edi»

Foto: Hasan Pirmuhammedov

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper KXDRga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Turkiyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida
Bizga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan jamoalarga qarasak, ular ancha kuchli ekanini ko‘ramiz. Albatta bu uchrashuvlarda boshqacha natija ham bo‘lishi mumkin edi, ammo biz uchun natijadan ko‘ra muhimroq narsalar bor edi. To‘g‘ri, natijaga qarasak, yutqazdik. Ammo o‘yindan olingan xulosa va tajribaga kelsak, yutdik.

Biz hatto Argentina bilan o‘ynashimiz mumkin edi. Nimaga o‘ynamasligimiz kerak? Shuningdek Dide Desham bilan ham aloqam juda yaxshi. Shunday ekan, Fransiya terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishimiz mumkin bo‘lardi. Hatto yutishimiz ham mumkin edi. Nima uchun yutmasligimiz kerak? Ammo biz biror loyiha gapirar ekanmiz, vaziyatga real qarashimiz lozim.

Albatta Turkiyaga yutqazdik. Bundan muxlislar mamnun emas. Menga hammaning fikri qiziq. Biroq futbolni tushunadigan va tushunmaydigan odamlar bor. Turkiyaning aksariyat futbolchilari Yevropada o‘ynaydi, ammo bu ba’zilarni qiziqtirmaydi. Biz uchun o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natija muhim emas. Muhimi - sentyabrdagi o‘yinlar!

Qatarni 2:0 yutgandik, yodingizda bo‘lsa. Ammo hech kim ko‘chaga chiqib bayram qilmadi. Vaholanki Qatar keyin Osiyo chempioni bo‘ldi. Hech kimga qizig‘i yo‘q. Chunki bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini edi. Ammo nima uchun boshqa o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijaga bu qadar ahamiyat beramiz.

Turkiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan fojea yasamang. Hammasi yaxshi bo‘ladi.

Himoyadagi tartibsizlik haqida
Men bu savolga o‘z tajribamdan kelib chiqib aytaman. Misr terma jamoasini boshqarganimda qancha vaqtdan so‘ng kuchli jamoa bilan o‘ynaganimizni bilasizmi? Bir yilu to‘rt oydan so‘ng. O‘shanda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobi qayd etganmiz.

To‘g‘ri, men himoyada tartib o‘rnatamiz, deganman. Ammo o‘tgan o‘yinda himoyada faqat ikkita xato qildik. Shunda ham standart vaziyatda. Biz kuchli jamoaga qarshi maydonga tushib, ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va gol o‘tkazdik. Bu nimadan dalolat beradi? Agar Turkiyadek kuchli jamoa bizga faqat standart vaziyatdan gol urgan ekan, demak ijobiy jihatlar ham bor. Agar kuchsizroq jamoa bilan o‘ynaganimizda, balki hammasi mutlaqo boshqacha bo‘lardi.

Turkiyaga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasak-da, ijobiy jihatlar bo‘ldi. Ammo hozir bu haqda gapirishni istamayman.

Denisov, A’zamov va Ashurmatov termaga chaqirilmagani haqida
Terma jamoaga loyiq bo‘lgan faqat shu uch futbolchi chaqirilmadi, deb o‘ylaysizmi? 33 million aholi orasidan faqat shu uchalasi termaga chaqirilmadimi? Men bunday demagan bo‘lardim. Biz milliy jamoaga nomzod bo‘lgan barcha futbolchilarni ko‘rib chiqdik. Hatto Germaniya chempionati uchinchi divizionida o‘ynayotgan himoyachini ham ko‘rib chiqdik. Va hozir tarkibda bo‘lgan o‘yinchilarni tanladik.

Balki bu mening xatom bo‘lishi mumkin. Buni tan olaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring