Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asalarilar qirilib ketish xavfi ostida. Muammoning yechimi qanday?

Asalarilar qirilib ketish xavfi ostida. Muammoning yechimi qanday?

Foto: «Hi-News»

Ko‘plab ekspertlarning ma’lum qilishicha, agarda asalarilarning populyasiyasi hozirgidek kamayishni boshlasa, 15—20 yildan so‘ng ular butunlay qirilib ketadi. Asalarilarning qirilishi — asalning yo‘qolib ketishi demakdir. Bundan tashqari yuzlab turdagi o‘simliklar, uning ortidan butun boshli ekotizim yo‘qolib ketadi.

Shu sabab AQShdagi yirik gipermarketlar tarmog‘i — «Walmart» sun’iy asalarilarni yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

Kelajak qurilmalarining nomi — «Changlovchi dronlar» bo‘lib, ular asalarilarning deyarli barcha funksiyalarini bajаradi. Ushbu dronlarning asosiy vazifalaridan biri — changlanishi kerak bo‘lgan o‘simliklarni aniqlashdan iborat.

Asalari dronlar esa sensorlar, datchiklar va kameralar yordamida changlanadigan gullarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ular cheklangan hudud bo‘ylab uchib, chang yig‘adi. Shuningdek, ular bilan birga zararli o‘simliklarni aniqlovchi va ularni yo‘q qiluvchi arilar ham ishlaydi. «Walmart» vakillari o‘zlarining ushbu qurilmasini patentlash uchun ariza topshirgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring