Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi kompyuter orqali SMS yo‘llash mumkin

Endi kompyuter orqali SMS yo‘llash mumkin

Foto: «Yamobi.ru»

«Microsoft» mutaxassislari «Your Phone» ilovasiga SMS-xabarlar bilan sinxronlashuv imkoniyatini qo‘shishdi. Endi «Windows 10»dan foydalanuvchilar SMS larni o‘qish va jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, deb xabar bermoqda «MS Poweruser».

To‘lov xuddi telefonda SMS dan foydalangandagi kabi olinadi. SMS-xabarlarni o‘qish va jo‘natish uchun telefonni ochish shart emas — mobil qurilma bir marta desktop ilova bilan sinxronlashsa bo‘ldi.

«Your Phone» — «Windows»da ishlovchi kompyuterlar orqali smartfondagi fayllardan foydalanish imkonini beruvchi ilova. Ilgari uning yordamida telefondagi foto va videolarni ko‘rish va kompyuterga ko‘chirish mumkin edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring