Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng kuchli superkompyuter yaratildi — «El Capitan»

Eng kuchli superkompyuter yaratildi — «El Capitan»

Foto: «insideHPC»

AQShda dunyodagi eng kuchli superkompyuter — «El Capitan» yaratildi. Bu haqda «Businesswire» xabar berdi.

Superkompyuter AQSh Energetika vazirligi buyurtmasi asosida «Hewlett Packard» va «AMD» kompaniyalari tomonidan tayyorlandi.

«El Capitan» bir soniyada 2 000 000 000 000 000 000 (million trillion)gacha hisoblashni amalga oshira oladi. Solishtirish uchun: bu superkompyuterning hisoblash quvvati o‘zidan keyingi o‘rinlarda turuvchi 200 ta superkompyuterning jami quvvatiga teng.

2023-yildan to‘laqonli ishga tushiriladigan «El Capitan»dan yadroviy qurollar, iqlim, genlar mutatsiyasi, dori-darmonlar ishlab chiqarish sohalaridagi murakkab hisoblashlarda foydalanish ko‘zda tutilgan.

«El Capitan» Zen 4 arxitekturasiga qurilgan AMD protsessorlarida ishlaydi (bu protsessorlar 2021 yildan sotuvga chiqadi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring