Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on AQSh va Isroilni Eron hamda Pokistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

Erdo‘g‘on AQSh va Isroilni Eron hamda Pokistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi

Erdo‘g‘on Pokistonning aynan qaysi ishlariga aralashishayotganini ochiqlamagan.

Foto: «novinite.com»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on juma kungi chiqishida AQSh va Isroilni Eronda yuz berayotgan norozilik namoyishlari paytida mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi. Bu haqda «Yevronyus» xabar bermoqda.

Eronda 28-dekabrdan 1-yanvarga qadar davom etgan norozilik namoyishlari mamlakat xavfsizlik kuchlarining sa’y-harakatlari bilan bostirildi va mamlakatda tinchlik ta’minlandi. Namoyishlar vaqtida 21 kishi halok bo‘ldi.

«Biz ayrim davlatlarning, xususan, AQSh va Isroilning Eron hamda Pokiston ichki ishlariga burnini suqishini qabul qila olmaymiz», deya bayonot berdi Erdo‘g‘on Fransiyaga safari oldidan uyushtirilgan matbuot anjumani chog‘ida. Shuningdek, u «bunday ishlar mamlakatdagi odamlarni bir-biriga qarshi qilib qo‘yishini va bunday holni bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ko‘rish mumkinligini» afsus bilan tilga oldi.

Erdo‘g‘on Pokistonning aynan qaysi ishlariga aralashishayotganini ochiqlamagan, ammo uning bu gaplari AQSh prezidenti Donald Trapmning Pokistonga ko‘rsatiladigan yordamni bekor qilishi ortidan yangramoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring