Eron zarbalari AQShga qanchaga tushdi? BBC izohi
BBC tahliliga ko‘ra, Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga qilgan zarbalari dastlabki 14 kun ichida taxminan 800 million dollar zarar yetkazgan.
Hisobotga ko‘ra, zararning katta qismi Eronning jangovar harakatlarning birinchi haftasidagi javob zarbalari paytida yetkazilgan. Ushbu nishonlar qatoriga Iordaniyadagi aviabazadagi AQShning yuqori tog‘li hudud mudofaasi (THAAD) tizimi va AN/TPY-2 radar tizimi kirgan. Tahlilga ko‘ra, ikkinchisining qiymati taxminan 485 million dollarga baholanmoqda. Bundan tashqari, Eronning zarbalari Yaqin Sharqdagi AQSh bazalaridagi binolar va infratuzilmaga taxminan 310 million dollarlik qo‘shimcha zarar yetkazdi, deb xabar beradi BBC.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, Eron shuningdek, kamida uchta AQSh aviabazasiga: Quvaytdagi Ali as-Salim, Qatardagi Al-Udeid va Saudiya Arabistonidagi Shahzoda Sultonga bir necha bor zarba bergan. BBC ta’kidlashicha, bu takroriy zarbalar Eronning asosiy inshootlarga hujum qilish niyatidan dalolat beradi.
ABC News xabar berishicha, senatorlar bilan yopiq brifingda Pentagon rasmiylari AQSh urushning dastlabki olti kunida kamida 11,3 milliard dollar sarflaganini aytishdi. The Washington Post nashrining xabar berishicha, Pentagon harbiy operatsiyalarning dastlabki ikki kunida o‘q-dorilarga 5,6 milliard dollar sarflagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter