Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi aviahalokat: shu vaqtgacha 45  marhum aniqlandi

Erondagi aviahalokat: shu vaqtgacha 45  marhum aniqlandi

Samolyot Isfahon viloyatida halokatga uchrab, uning bortidagi 66 kishi halok bo‘lgan.

Foto: «racurs.ua»

Erondagi aviahalokatda qurbon bo‘lganlardan 45 nafarining jasadi topilgan. Bu haqida mahalliy vakillarning ma’lumotlariga asoslanib, «Press TV» xabar bergan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

Avvalroq halokat sodir bo‘lgan joydan 30 kishining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.

Marhumlarni qidirish ishlari dengiz sathidan 4,5 ming metr balandlikda, 2 metr qor bilan qoplangan tog‘da amalga oshirilayotgani o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bundan tashqari qidiruv ishlariga yuzdan ziyod qutqaruvchi, yettita vertolyot ham jalb qilingan.

Ma’lumki, o‘tgan yakshanba kuni Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan ATR-72 samolyoti parvozdan 50 daqiqa o‘tgach radarlardan yo‘qolib qolgandi. Samolyot Isfahon viloyatida halokatga uchrab, uning bortidagi 66 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring