Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» 10 million dollarlik tanlov e’lon qiladi. Unda barcha qatnashishi mumkin

«Facebook» 10 million dollarlik tanlov e’lon qiladi. Unda barcha qatnashishi mumkin

Foto: «Hi-News»

«Facebook» asoschisi Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi eng qiziqarli guruhlar uchun 10 million dollar qiymatidagi mablag‘ni grant sifatida ajratishga tayyor, deb xabar berdi «Hi-News».

Ushbu mablag‘lar odatdagidek barcha g‘oliblar o‘rtasida taqsimlanadi. 100 dan ortiq guruhning har biri 50 ming dollardan, eng qiziqarli va omadli guruhlarning 5 tasi esa 1 million dollardan oladi.

«Bularning barchasi butun dunyoni va barcha foydalanuvchilarni birlashtirish uchun zarurdir va asosiy maqsad eng qiziqarli sohalarni rivojlantirishga yordam berish va milliardlab odamlarni turli jamoalarga va qiziqarli guruhlarga jalb etishdir», — deydi Sukerberg «Reuters» agentligiga bergan intervyusida.

Sukerbergning hamkasbi Jennifer Dalskining aytishicha, tanlovda barcha — yashash joyi va obunachilari sonidan qat’i nazar qatnashishi mumkin. G‘oliblarni mustaqil ekspertlar va «Facebook» kompaniyasining xodimlaridan iborat komissiya tanlab beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring