Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» 663 ming dollar jarima to‘laydi

«Facebook»  663 ming dollar jarima to‘laydi

Foto: «Unian»

«Facebook» kompaniyasi «Cambridge Analytica» kompaniyasi bilan 87 million ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlagani uchun jarima to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Angliya hukumati «Cambridge Analytica» bilan bog‘liq sharmandali holatni o‘rganib chiqib, «Facebook» kompaniyasiga foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qila olmagani uchun 663 ming AQSh dollari miqdorida jarima bosdi. Bu «Facebook»ka sir saqlay olmagani uchun berilgan ilk jazodir.

Shu bilan birga, «Facebook» bosh direktori ijtimoiy tarmoq obro‘siga putur yetkazgani uchun AQSh Kongressi oldida ko‘rsatma berishi ham talab etilyapti.

Jarima miqdori «Facebook» uchun arzimas hisoblanadi. Chunonchi, kompaniya har yetti daqiqada jarima miqdoricha mablag‘ ishlab topadi. «Facebook»ning joriy yil birinchi choragidagi sof foydasi 11,9 milliard AQSh dollarini tashkil qildi.

Shu yil iyun oyida Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariinng ma’lumotlarini sir saqlay olmayotgani uchun lavozimidan ketishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring