Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Faсebook»da xavfli virus: Qanday himoyalanish kerak?

«Faсebook»da xavfli virus: Qanday himoyalanish kerak?

«Faсebook»da xavfli virus tarqaldi.

Foto: «depositphotos.com»

Dekabr oyida «Faсebook» foydalanuvchilari ko‘plab do‘stlaridan video_6278.zip turidagi g‘alati viruslarni qabul qila boshladi.

Virusning ahamiyatli jihati u o‘z kontaktlaridan yuboriladi va qabul qiluvchi ehtiyotsizlik tufayli uni ochib yuboradi. Bu haqda «Bigmir.net» xabar berdi.

Agarda sizga shu kabi xabar kelgan bo‘lsa (raqamlar turlicha bo‘lishi mumkin, biroq barchasida video so‘zi bor), uni aslo ko‘chirib olmang va ocha ko‘rmang. Bu ishni amalga oshirsangiz, smartfon yoki kompyuteringizga zararli dasturni ko‘chirib olasiz va shu orqali uning ijtimoiy tarmoqda tarqalishiga sababchi odamlardan biriga aylanasiz.

Virusni o‘rnatishda «YouTube» dasturinikiga o‘xshash belgi paydo bo‘ladi. Virus sahifangizning shaxsiy ma’lumotlarini firibgarlarga yuboradi.

Agarda ushbu virus bilan zararlanishga ulgurgan bo‘lsangiz, dasturni o‘chirib tashlang, shuningdek, antivirusingizni almashtiring yoki yangilang — u bu kabi «sovg‘alar»ni bloklay olishi kerak. Shu bilan birga «Faсebook»dagi parolingizni o‘zgartiring va qo‘shimcha avtorizatsiya tekshiruvini o‘tkazing.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring