Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, sudragani sababi aniqlandi

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, sudragani sababi aniqlandi

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi tibbiyot muassasasidan ayol shifokorning sochidan tortib sudrab chiqayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 19.04.1971-yilda tug‘ilgan S.S. 27-avgust kuni tuman Markaziy shifoxonasi Tug‘ruqxona bo‘limiga kelib, kelinining chaqalog‘i tug‘ruq vaqtida vafot etganligini eshitib, ushbu holatga shifokorlar aybdor deb hisoblaydi. Mazkur bo‘limda shifokor bo‘lib ishlovchi, 12.09.1970-yilda tug‘ilgan A.Yu.ni sochidan tortib, unga tan jarohati yetkazadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring