Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada ota o‘g‘lining jasadini ikki haftadan buyon qidirmoqda

Farg‘onada ota o‘g‘lining jasadini ikki haftadan buyon qidirmoqda

Foto: Xalq so‘zi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yozvon tumanining Bo‘tqachi qishlog‘ida yashagan navqiron yoshdagi Abdulazizning Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. «Xalq so‘zi» muxbiri qidirilayotgan bolaning otasi bilan suhbatlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 22-dekabr kuni ikki tanishi hamrohligida bo‘lgan voyaga yetmagan Abdulaziz ismli yigit ba’zi sabablarga ko‘ra, kiyimlarini yechib Katta Farg‘ona kanaliga tushgan va cho‘kib ketgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar, IIB boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qutqaruv guruhi tomonidan bir necha kunlik qutqaruv ishlari hozircha natija bermayapti.

«Rossiyada ishlab kelayotgan edim. Shirin diydor umidi alam va iztirobga aylandi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga rahmat. Havo qattiq sovuq bo‘lishiga qaramay, bolamni tunu kun izlashyapti. O‘g‘limning jonsiz tanasini bo‘lsa ham bir bag‘rimga bosish umidida qayiqda o‘zim ham qidiruv ishlarida qatnashyapman», deydi bolaning otasi Abduhoshim aka.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning ma’lum qilishicha, ayni kunlarda Katta Farg‘ona kanalining 10 ta tuman hududidan o‘tgan 150 kilometr qismida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsning bedarak yo‘qolganligi bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring