Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada yigit rashk tufayli sevgan qizini urib, boshiga tepdi

Farg‘onada yigit rashk tufayli sevgan qizini urib, boshiga tepdi

Skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan «Farg‘onada yigit tanishi bo‘lgan qizni ko‘cha o‘rtasida urib ketdi» sarlavhali videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25-iyun kuni Dang‘ara tumanida yashovchi, o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar A.D, va N.T. (ayol) o‘rtasida rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelishi oqibatida, Navbahor MFY hududida A.D, N.T ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib qolgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Dang‘ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi IIB xabarida.

Avvalroq, Farg‘onada xo‘roz urishtiradiganlar aniqlanib, o‘yin uchun tikilgan jami 5 205 000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring