Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga amaliy tashrifini boshladi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga amaliy tashrifini boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari korteji dastlab Qo‘shtepa tumanidagi «Tursunov Yusufjon yeri» fermer xo‘jaligi yonida to‘xtadi. Bu yerda 50 gektar g‘alla, 30 gektar paxta yetishtirilmoqda. Prezidentimiz g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi. Gektaridan 82 sentner hosil olish kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu yerda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va qo‘shtepalik fermerlar bilan muloqot bo‘ldi.

— Har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlari o‘ziga xos. Bugun Farg‘onaga kelishimizdan maqsad — bu imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, odamlarga ish o‘rni, daromad manbai uchun sharoit yaratish, har bir tuman bo‘yicha aniq reja shakllantirish. Qanday mehnat qilsak, shunday hayot bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xo‘jalik dalasi yonida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan intensiv bog‘ ham yaratilgan. 100 gektarda o‘rik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomchilatib sug‘orish, sun’iy soya qilish uskunalari o‘rnatilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ispaniya va Fransiyadan keltirilgan o‘rik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil bo‘ladi. Bugungi kunda bog‘ uchastkalari kooperatsiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.

Davlatimiz rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekish, bunday bog‘larni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu yerda qishloq xo‘jaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring