Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIDE Jahon kubogini qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov tantanali kutib olindi

FIDE Jahon kubogini qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov tantanali kutib olindi

Hindistonning Goa shahrida 30-oktyabr – 27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli «FIDE Jahon kubogi 2025» xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritgan Javohir SindorovToshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Kutib olish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda sportchining yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari, shuningdek OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Bosh vazir A.Aripov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Javohir Sindorovni «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlashga doir Farmoni o‘qib eshittirildi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogini qo‘lga kiritgan Sindorovga Prezident sovg‘asi — 3 xonali xonadon va pul mukofoti berildi. Uning murabbiyi Roman Vidonyak ham pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, «FIDE Jahon kubogi 2025» xalqaro turnirida dunyoning 89 mamlakatidan 206 nafar kuchli shaxmatchilar ishtirok etdi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 2 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Jahon kubogi g‘olib va sovrindorlari (1–3-o‘rin) 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan FIDE nomzodlar turnirida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring