Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Forishda 26 ta otni o‘g‘rilab ketgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Forishda 26 ta otni o‘g‘rilab ketgan o‘g‘rilar qo‘lga olindi

Foto: «Google.com»

Jizzax viloyatining Forish tumanida ot o‘g‘rilari qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.

Joriy yilning 20 mart kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi A.T. Jizzax viloyat IIBga murojaat qilib, 2017-2018 yillar mobaynida Forish tumani, Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 26 bosh otlar yo‘qolganini ma’lum qilgan edi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Mirzacho‘l tumani, Yerjar mahallasida yashovchi 45 yoshli B.D., qarindoshi, Do‘stlik MFY, Oxunboboyev mahallasida yashovchi 37 yoshli E.D. va Arnasoy tumani Zarafshon QFYda yashovchi 27 yoshli Ye.O.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring