Fransiya sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi 20 kunlik qamoqdan keyin ozod qilinadi.
Liviya sobiq rahbari Muammar Kaddafiy tomonidan moliyalashtirish ishi bo‘yicha sudlangan sobiq davlat rahbari 21-oktyabr kuni Parijning La Sante qamoqxonasiga joylashtirilgandi. Bugun, 20 kundan keyin sud uni ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi va uning hibsga olinishi sud nazorati bilan almashtirildi, deb xabar beradi fransuz BFMTV kanali.
Endi Sarkozi qattiq cheklovlar ostida bo‘ladi - xususan, unga ichki ishlar vaziri Gerald Darmanin kabi bir qator siyosatchilar bilan aloqa qilish taqiqlangan.
Jurnalistlar bilan suhbatda sobiq prezident panjara ortidagi kunlari qiyin bo‘lganini tan oldi. "Bu juda qiyin. Og‘ir", dedi Sarkozi hibsda saqlash sharoitlarini tasvirlab.
Eslatib o‘tamiz, Nikolya Sarkozi 2007-yilgi prezidentlik kampaniyasi paytida Muammar Qaddafiy rejimidan noqonuniy mablag‘ olganlikda ayblangan edi. Unga qarshi tergov bir necha yillardan beri davom etmoqda va Fransiyadagi eng shov-shuvli siyosiy ishlardan biriga aylandi, chunki mamlakat tarixida birinchi marta prezident qamoqqa olindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter