Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Fransiyada koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

Foto: Reuters

Fransuz olimlari COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi dorini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Mutaxassislarning tadqiqotlari International Journal of Antimicrobial Agents’da nashr etish uchun yuborilgan.

Tadqiqotda bezgakka qarshi qo‘llaniladigan gidroksixloroxin va azitromitsin preparatlari qorishmasidan tayyorlangan dori ijobiy natija keltirgani aytilgan. Bu preparatlarning samaradorligi haqida bir qator shifokorlar, xususan xitoylik mutaxassislar ham ko‘p bora aytgan edi.

Marsel universitetining yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkazilgan tadqiqotda koronavirusga uchragan odamlar ishtirok etgan. Ulardan 16 kishi nazorat guruhida bo‘lgan va bu guruh a’zolari kasallik alomatlariga qarshi davo choralari hamda antibiotiklar bilan davolangan. Yana 14 nafar bemor esa 10 kun davomida gidroksixloroxin qabul qilgan. Ulardan 6 nafariga shuningdek azitromitsin ham berilgan.

Bunday uslubga ko‘ra davolashning beshinchi kuniga kelib gidroksixloroxin va azitromitsin qabul qilgan bemorlar tuzalib ketgan. Ularda SARS-CoV-2 koronavirusi topilmagan. Shuningdek to‘qqizinchi kunga kelib nazorat guruhida bo‘lgan bir kishi tuzalgani aniqlangan. U yetti kun azitromitsin qabul qilmagan edi.

Tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanishicha, ular olib borgan davolash uslubi dastlabki bosqich bo‘lib, katta umid bera oladi. Bezgakka qarshi dori vositalarini qabul qilgan bemorlarda esa asorat qolmasligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring