Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fransiyada norozilik aksiyasidan so‘ng qirqdan ziyod kishi hibsga olindi

Fransiyada norozilik aksiyasidan so‘ng qirqdan ziyod kishi hibsga olindi

Foto:«RIA Novosti»

14-aprel kuni Monpele shahrida bo‘lib o‘tgan fransuz hukumatiga qarshi norozilik aksiyasida qatnashgan qirqdan ziyod kishi hibsga olindi. Bu haqda «France Info»ga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Aholining noroziligiga so‘nggi paytlarda mamlakatda sodir bo‘lgan hodisalar, xususan, hukumat tomonidan taklif etilgan ta’lim islohotlari sabab bo‘ldi.

«Ero prefekturasining ma’lum qilishicha, 43 kishi 14-aprel kuni Monpeleda hukumatga qarshi o‘tkazilgan norozilik aksiyasidan so‘ng hibsga olindi», — deb xabar qiladi nashr.

Avvalroq Monpele meri Filipp Sorel o‘zining «Facebook»dagi sahifasida aksiya mobaynida vitrinalarni sindirgan bezorilarga nisbatan chora ko‘rilishi haqida yozgan edi.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, aksiyada ikki mingga yaqin kishi qatnashgan. Aksiya davomida do‘konlar talon-toroj qilingan, politsiyaga qarshilik ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring