Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV Qozog‘istonda ro‘y bergan YTH haqida ma’lumot berdi

FVV Qozog‘istonda ro‘y bergan YTH haqida ma’lumot berdi

Bugun tunda, soat 02:39da Sharqiy Qozog‘iston viloyatida o‘zbekistonliklar ishtirokida yo‘l tranport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot berdi.

Unda aytilishicha, «Setra» rusumli avtobus hamda «MAN» rusumli yuk avtomashinasi o‘zaro to‘qnashishi natijasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri Olim Ne’matov, 1978-yilda tug‘ilgan, «MAN» yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan. U Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Furqat ko‘chasi, 22-uyda doimiy istiqomat qilgan.

Yana biri esa 1975-yilda tug‘ilgan, Setra avtobusi haydovchisi edi. U Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Humoyun ko‘chasi, 18-uyda doimiy istiqomat qilgan Farid G‘afurov ekani ma’lum bo‘lgan.

Aytilishicha, O‘zbekiston FVV va IIV hamkorlikda halok bo‘lganlarning jasadini olib kelish choralarini ko‘rmoqda. Bu borada vazirlikning (+998-71) 147-10-50 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, hodisa haqida batafsil axborot olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring