Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazetaning birinchi sahifasida koronavirus oqibatida vafot etganlar ro‘yxati chop etildi

Gazetaning birinchi sahifasida koronavirus oqibatida vafot etganlar ro‘yxati chop etildi

Foto: «Deadline»

Amerikaning «The New York Times» gazetasi yakshanba sonining birinchi sahifasida koronavirusga chalinib vafot etgan insonlar ro‘yxatini chop etdi.

«Yakshanba sonida birinchi sahifaga maqola va fotosuratlar o‘ringa ro‘yxat joylandi. Pandemiya oqibatida qurbon bo‘lganlarning uzun va qayg‘uli ro‘yxati», — izoh berdi nashr.

Bundan maqsad shuki, yaqinda Qo‘shma Shtatlarda koronavirus qurbonlari soni 100 ming nafarga yetadi.

«Siz ko‘rib turgan ro‘yxatga mamlakatimiz bergan qurbonlarning atigi bir foizi kiritildi», — ta’kidlanadi tahririyat izohida.

«The New York Times» jurnalistlari ro‘yxatni tuzishda Amerikaning turli shaharlaridagi yuzlab gazetalarni o‘rganib, chop etilgan nekrologlardan har bir yo‘qotilgan hayot haqida tasavvur beruvchi takrorlanmas jumlalarni tanlab olishdi, insonlar qaysi shaharlarda, necha yoshda vafot etganini ko‘rsatishdi.

«Yuz yildan so‘ng odamlar buni ko‘rib biz qanday yo‘qotishga uchraganimizni tushunishlarini istayman», — dedi nashr muharrirlaridan biri Mark Leysi.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 1 666 828 nafarga yetdi, sog‘ayib ketganlar — 446 914 nafar, vafot etganlar — 98 683 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring