General-mayor Ismoil Ergashev 73 yoshida vafot etdi
Toshkentda O‘zbekistonning eng tajribali harbiy boshliqlaridan biri, general-mayor Ismoil Ergashev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.
U 24-fevral kuni 73 yoshida vafot etdi. Marhumni dafn etish marosimi Samarqand viloyatining qabristonlaridan birida bo‘lib o‘tdi.
Dafn marosimida marhumning qarindoshlari va yaqinlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faxriylari, harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, I.Ergashev 1945-yil 5-avgustda Samarqand viloyatining Chelak tumanida tavallud topgan. Uzoq yillar davomida u O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Faoliyat yillarida Ismoil Ergashev I va II toifali «Shon-sharaf» ordeni, shuningdek, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni bilan taqdirlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter