Germaniya kansleri Yevropaga tahdid soluvchi davlatni aytdi
Rossiya Yevropa davlatlariga jiddiy tahdid solishi mumkin, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Germaniya kabi Yevropa mamlakatlari Rossiyadan kelib chiqadigan tahdidga qaramay, o‘z qurolli kuchlarini qayta tiklash uchun milliardlab mablag‘ sarflamoqda», deb ta’kidladi u.
9-may kuni Mers Moskvada Putin bilan uchrashgan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso bilan gaplashishini e’lon qildi.
«Biz bu haqda u bilan gaplashamiz. Bugun, Stokgolmda, Yevropa kunini nishonlamoqdamiz va bu butunlay boshqa masala», dedi Mers.
Avvalroq Germaniya 2039-yilgacha Yevropada eng kuchli armiyani tuzmoqchi ekani xabar berilgandi. Mamlakat Rossiya xavfi sabab harbiy tayyorgarlikni kuchaytiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter